Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi.

Jahongir Mirpo‘latov Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Mirpo‘latov Jahongir Muzapparovich Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. 

U tayinlovga qadar Soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qildi. Shundan so‘ng Toshkent shahar soliq boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonov ishdan olindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring