Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qaynona kelinini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda qaynona kelinini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent tumanida qaynona va kelin janjali oqibatida mudhish hodisa ro‘y berdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 5 may kuni soat taxminan 10.00larda Toshkent tumani, Chinor 7-tor ko‘chasida yashovchi ayol (1955 y.t.) kelini (1985 y.t., 3 nafar farzandi bor) bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Janjal davomida ayol oshxona pichog‘i bilan kelinining chap ko‘krak qismiga bir marotaba zarba bergan.

Olgan tan jarohati tufayli jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy muolajalarga qaramasdan 9 may kuni kelin shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayblanuvchi ayolga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Toshkent tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring