Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana bir narkolaboratoriya fosh qilindi

Toshkentda yana bir narkolaboratoriya fosh qilindi

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda istiqomat qiluvchi, 2003 va 2007-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonlardan birini ijaraga olib, narkolaboratoriya tashkil qilganliklari aniqlandi.

Tadbir davomida ushbu manzildan «zakladka» orqali tarqatish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan 1 kg «Mefedron» sintetik giyohvandlik vositasi hamda laboratoriya sharoitida foydalaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, ulardan birining telefonida bo‘lgan geolokatsiya orqali, muqaddam Bektemir tumani «Uchqun» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l chetidagi ariq ichiga yashirib qo‘yilgan 1 kg «Mefedron» moddasi ham olindi.

Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanidagi xufiya joylarga yashirib qo‘yilgan narkotiklarni olib ketish uchun kelgan vaqtlarida 6 nafar «zakladchik» ham ushlandi.

Hozirda mazkur narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ham narkolaboratoriya fosh qilingan va holat yuzasidan 38 yoshli fuqaroga nisbatan tegishli tartibda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring